Mandat ertaga e’lon qilinishi kerak
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayonini 10-avgustga qadar yakunlash zarurligini ma’lum qilgan edi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, tanlash jarayoni to‘liq tugaganidan so‘ng, mandat natijalari bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak.
Shu sababli, abituriyentlar uchun mandat natijalarining ertaga, ya’ni 17-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. O‘tgan yillarda mandat natijalari belgilangan sanadan kechikib e’lon qilingan holatlar kuzatilgan. Shuning uchun, bu yil ham kechikish sodir bo‘lsa, bu holat yangi emas. Biroq, yakuniy natijalar va’da qilingan sanada chiqishi mumkin, degan umid saqlanib qolmoqda.
Mandat natijalari e’lon qilinishi bilan barcha abituriyentlar va ularning oilalari uchun muhim bir bosqich yakunlanadi. Shunday ekan, natijalarni kutayotganingizda sabrli bo‘ling va barcha zarur hujjatlarni tayyorlab qo‘ying.