Mandatni kutishni qanday osonlashtirish mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Albatta, hozir hamma mandat qachon chiqishini kutyapti va ko‘pchilik, tabiiyki, asabiylashyapti. Agar siz ham ular orasida bo‘lsangiz, maqolani o‘qing.
Qisqa ro‘yxat qilish — "Agar mandat chiqib, talaba bo‘lsam, ungacha bo‘lgan bir kun yoki 2 kunni qanday o‘tkazaman?" Axir kutish bilan o‘tayotgan bo‘lsa ham, umrning bu qismi ham bir marta beriladi. Uni shunchaki asabiylashib o‘tkazib yubormaslik kerak.
O‘zingizni nazorat qilish — har qanday asabiy davrda ham ruhan sog‘lom odam o‘zini nazorat qila oladi. Buning uchun sizga nima yordam berishini toping. Toza havoda sayr qilish, do‘stlar bilan ko‘rishish yoki qarindoshlarnikiga mehmonga borishmi? Bitta o‘zingizga ma’qulini tanlab oling.
O‘zingizni har qanday vaziyatda ham qo‘lga olish — siz kutayotgan javob qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ijobiy yoki salbiy bo‘lsa ham, o‘zingizni o‘sha vaziyatda qanday tutishingizni o‘ylab oling. Nazoratni yo‘qotmang.
O‘zingiz bilan gaplashing — o‘zingizni o‘rganing, nima sizni asabiylashtiryapti, charchatyapti, ishonchingizni tushiryapti, shulardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling.
Kutishga sarflaydigan vaqt ham o‘zingizniki, uni shunchaki kutib boshqa biror muhimroq ishingizni kechiktirib o‘tkazib yubormang.