Maqsadli qabul bilan grantga kirishning nimasi foyda, nimasi zarar?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Agar siz maqsadli qabuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.
Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo‘linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi (manba). Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.
Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?
Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi (manba). Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.
Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?
Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo‘ladi.
O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?
OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi (manba). Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.
Maqsadli qabulning foyda va zararli tomonlari
Foydali tomonlari:
- Pastroq ball bilan grantga kirish: Maqsadli qabul orqali pastroq ball bilan ham grantga kirish mumkin.
- Hududiy kvotalar: O‘z hududingiz uchun ajratilgan kvotadan foydalanish imkoniyati.
Zararli tomonlari:
- "Perevod"ga ruxsat yo‘qligi: Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi.
- Hududiy majburiyat: O‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.