“Mard o‘g‘lon” mukofoti sohiblari uchun qanday imtiyozlar belgilangan?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini taʼsis etish to‘g‘risida 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga asosan, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi. Davlat mukofoti har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 ta beriladi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumtaʼlim va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining o‘quvchilari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. Shuningdek, Davlat mukofoti sohiblari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa imtiyozlardan foydalanadi.