Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatga olish boshlandi

06-fevral 04:03

Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat olish istagidagi talabgorlar uchun ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi. Test sinovlari 22-23-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi, natijalar esa 25-mart kuni e’lon qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

📌 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 3-fevral – 9-fevral📌 To‘lov amalga oshirish muddati: 10-fevralgacha📌 Test sanalari: 22-23-fevral📌 Natijalar e’lon qilinishi: 25-mart

Talabgorlar my.gov.uz ( havola ) portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Imtihon uchun joy tanlash imkoniyati

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘zlariga qulay hududni tanlashlari va tanlangan joyda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Milliy sertifikat talabalik va ishga joylashish uchun muhim hujjatlardan biri hisoblanadi, shu sababli, imtihonlarga tayyorlanish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonini o‘z vaqtida bajarish muhimdir.