Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Milliy sertifikat dars taqsimotida ustunlik beradimi?

14-oktabr 18:19
Milliy sertifikat dars taqsimotida ustunlik beradimi?

Milliy sertifikat dars taqsimotida ustunlik beradi. Bu holatda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 3271) 15 va 16-bandlari qo‘llaniladi.

15-bandga ko‘ra, chet tili va STEAM fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, jumladan TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori darajadagi sertifikatlar va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar, 3-pog‘onada qayd etilgan.

16-bandga muvofiq, dars taqsimotida ustuvor ketma-ketlik inobatga olinadi, ya’ni milliy yoki xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar boshqa o‘qituvchilarga nisbatan ko‘proq dars olish huquqiga ega bo‘ladilar.