Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatga olish boshlandi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Bilim va malakalrni baholash agentligi xabar berishicha, 2023-yil 30-yanvar kuni matematika va biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 8-fevral (450.000 so‘m to‘lov qilish 9-fevral) ga qadar davom etadi. Test sinovi esa 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi va o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Bunda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlaydi. Shuningdek, talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin. Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.