Abituriyent

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

43 077 ko'rish

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi, deya Davlat test markazi xabar bermoqda.

Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi. Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining izohlashicha, talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish