Murojaat yuborishda topilmagan sertifikatni qo‘shish imkoniyati yaratildi

Murojaat yuborishda topilmagan sertifikatni qo‘shish imkoniyati yaratildi
2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayoni davom etmoqda. Endilikda murojaat yuborish jarayonida toifa sertifikati tizimda topilmasa, uni qo‘lda kiritish imkoniyati yaratildi.
Yangi funksiyaning qulayliklari:
✅ Agar fan bo‘yicha amaldagi toifa tanlanganida “Toifa sertifikati mavjud emas” degan xatolik chiqsa, tizim avtomatik ravishda “Sertifikatni qo‘shish” oynasini ochadi.
✅ Foydalanuvchilar sertifikat toifasi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddatini qo‘lda to‘ldirib, murojaatni davom ettirishlari mumkin.
✅ Bu o‘zgarish, avtomatik ravishda aniqlanmagan sertifikat egalari uchun murojaat yuborishni osonlashtiradi.
Murojaat yuborish usullari:
📌 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi saytlari orqali:
📌 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:
📌 Davlat xizmatlari markazlari orqali ham murojaat yuborish mumkin.
✅ Ushbu yangi imkoniyat pedagog kadrlar uchun murojaat jarayonini yanada qulay va muammosiz qilishga xizmat qiladi.