Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

22.12.2022 10:42
Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirilgan va unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Davlat test markazi izoh berishicha, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim. Testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas.

Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan. Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.