Nodavlat oliygohlar tomonidan ikki xil namunadagi diplomlar berilishi kutilmoqda
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha ma’lumot berib boradigan telegram kanallardan birida quyidagi mazmunda xabar e’lon qilindi:
Nodavlat oliygohlar tomonidan ikki xil namunadagi diplomlar berilishi kutilmoqda
- Davlat namunasidagi diplom – nodavlat oliygohlarda davlat standartiga javob beradigan o‘quv dasturidan foydalanilganda davlat namunasidagi diplom beriladi. Ya’ni o‘quv dasturi davlat tizimida bo‘lsa, davlat oliygohlari tomonidan berilayotgan diplomlar bilan bir xil diplom oladilar.
- Ixtiyoriy namunadagi diplom – nodavlat oliygohi o‘zi ishlab chiqqan o‘quv dasturi standarti asosida o‘qitayotgan bo‘lsa, talabaning mutaxassislik bo‘yicha ta’lim dasturini to‘la o‘zlashtirishini kafolatlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ixtiyoriy namunadagi diplom berilishi mumkin.
Ya’ni xorijiy yoki o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan davlat dasturi bo‘yicha bo‘lmagan ta’lim tizimida o‘qitayotgan oliygohlar o‘zlari istagan usulda diplom berishlari mumkin. Ya’ni beriladigan diplom namunasi (shakli) oliygoh tomonidan mustaqil yaratiladi.
Xabarga ilova qilinishicha, xavotirlanishga asos yo‘q. Ikkala diplom ham "Ta’lim to‘g‘risidagi qonun"ning 31-moddasiga binoan davlat oliygohlari bilan bir xil teng kuchga ega hisoblanadi.