Olis cho‘l hududlari aholisi uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qanday imkoniyat yaratilgan?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholining turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2925-son qaroriga asosan:
O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlari natijalari bo‘yicha 68 va undan yuqori ballga ega bo‘lgan, olis cho‘l tumanlarida kamida uch yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni, keyinchalik mutaxassislik bo‘yicha ushbu hududlardagi budjet tashkilotlarida tegishli viloyat hokimligi va oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida kamida 4 yil ishlab berish sharti bilan qo‘shimcha grant asosida imtiyozli qabul qilish huquqi berilgan.