Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi 24-oktabr Prezident saylovi kuni munosabati #Saylovedu2021 chellenji

18.10.2021 10:54
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi 24-oktabr Prezident saylovi kuni munosabati #Saylovedu2021 chellenji

Muddati:

18.10.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi 24-oktabr Prezident saylovi kuni munosabati #Saylovedu2021 chellenjini e’lon qiladi.

Chellenjda ishtirok etish uchun o‘zingiz ishtirokingizda Prezident sayloviga aloqador bo‘lgan videorolik yoki o‘z ijodiy ishlaringizni (chizilgan rasm, qo‘l mehnati orqali yaratilgan ijod namunasi, kreativ rasmlar), o‘zingizning Instagram tarmog‘ingizga joylaysiz va Instagramdagi @saylovedu2021 (https://instagram.com/saylovedu2021) profilini belgilab (отметка qilib), videoga #saylovedu2021 heshtegini yozasiz.

Videorolik va ijodiy ishlar saylovning mazmun va mohiyatini targ‘ib qilishi, o‘ziga xos, ijodkorlik, kreativlik bilan yondashilgan bo‘lishi kerak.

Chellenjga taqdim etiladigan materiallar 18-oktabrga qadar Instagram tarmog‘iga joylanishi kerak.

Chellenjda eng yaxshi video hamda eng yaxshi ijodiy ish mualliflari diplom hamda quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin 2.000.000 so‘m
  • 2-o‘rin 1.500.000 so‘m
  • 3-o‘rin 1.000.000 so‘m

Chellenjda barcha yakka holda ishtirok etishi mumkin, jamoaviy ishtirok etish mumkin emas. Mualliflik huquqi inobatga olinadi.
Batafsil ma’lumot: @saylovedu2021