Ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.
Jumladan, ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Noshirlik ishi;
- Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (tillar bo‘yicha);
- Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (tillar bo‘yicha);
- Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha);
- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha);
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha);
- Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha);