Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rossiyada bepul o‘qishni istaganlar uchun Open Doors xalqaro onlayn olimpiadasi. Olimpiadada ishtirok eting, imtihon va to‘lovlarsiz talaba bo‘ling

19.09.2021 10:59
Rossiyada bepul o‘qishni istaganlar uchun Open Doors xalqaro onlayn olimpiadasi. Olimpiadada ishtirok eting,  imtihon va  to‘lovlarsiz talaba bo‘ling

Muddati:

10.12.2021

Davlat:

Rossiya

Rasmiy havola:

od.globaluni.ru

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Open Doors - Rossiyaning yetakchi universitetlaridan birida bepul o‘qish uchun katta imkoniyat beruvchi xalqaro onlayn olimpiada. Agar siz magistratura yoki doktorantura bosqichini Rossiyada o‘qishni reja qilgan bo‘lsangiz, hech qanday imtihon va to‘lovlarsiz talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Ushbu xalqaro onlayn olimpiadada qatnashib Rossiyaning eng yaxshi universiteti talabasi bo‘lishingiz va oylik stipendiya olishingiz mumkin. Ta’lim tili tanlagan kurs va yo‘nalishga qarab ingliz yoki rus tillarida bo‘ladi.

Olimpiada magistraturaga topshirayotganlar uchun 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi. 1-bosqichda ro‘yxatdan o‘tish va portfolio to‘ldirish so‘raladi. 2-bosqichda esa platformaga qo‘yilgan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish so‘raladi. 3-bosqich faqat doktoranturada o‘qishni istagan nomzodlar uchun bo‘lib, bunda saralangan nomzodlar intervyu topshirishlari kerak bo‘ladi.

Olimpiadada 14 ta yoʻnalish bo‘yicha ishtirok etish mumkin:

Olmpiadada qatnashish uchun bilishingiz kerak bo‘lgan barcha qoidalar rus tilida va ingliz tilida berilgan

Yakuniy natijalar Olimpiada yakunlangandan keyin 3 kunda e’lon qilinadi.

Olimpiadada qatnashish uchun 10-dekabrgacha SHU YERDAN ro‘yxatdan o‘tish va portfolio to‘ldirish so‘raladi. Batafsil ma’lumot SHU YERDA

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun SHU YERGA kiring