O‘qish joyi va yo‘nalishni jiddiy tanlang: keyin afsuslanmang

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILAbituriyentlar, perevodga umid qilmang – hozirdanoq to‘g‘ri qaror qabul qiling!
Hurmatli abituriyentlar, sizlardan jiddiy mas’uliyat bilan tanlov qilish so‘raladi. Har yili minglab abituriyentlar “hozir kirib olay, keyin perevod qilaman” degan yondashuv tufayli muammoga duch kelmoqda.
⚠️ Eng keng tarqalgan xatolik: noto‘g‘ri yo‘nalishga topshirish
Masalan: Mevachilik va uzumchilik yo‘nalishiga hujjat topshirib, keyinroq shifokor bo‘laman degan niyat — bu xomxayol. Har ikki yo‘nalish mutlaqo boshqa sohalar va ular orasida perevod deyarli imkonsiz.
🎯 Nima qilish kerak?
✅ Qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan aynan o‘sha yerga hujjat topshiring.
✅ Agar shifokor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, jiddiy tayyorlaning va tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshiring.
✅ O‘zingizga qulay hududni tanlang. Keyin qiynalib, “ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb yurishga hojat qolmaydi.
Hech kim sizni majbur qilmayapti – qaror sizniki. Ammo qabul qilingan qarorga mas’uliyat bilan yondashish ham sizning burchingiz.
❌ Nega perevodga ishonmaslik kerak?
-
Perevod har doim ham ruxsat etilmaydi
-
Yo‘nalishlar va ta’lim shakllari mos bo‘lmasligi mumkin
-
Har bir holat davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi
-
Ko‘plab talabgorlar rad etilmoqda