O‘qish maqsadida xorijga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni maʼlum qilindi
14.01.2023 16:48

Registon o'quv markazi tez orada butun Respublika bo'ylab faoliyat ko'rsatishni boshlaydi– Registon o‘quv markazi
140 mingga yaqin yoshlar xorijda oʻqishni tanlashmoqda
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan davlatlar:
- Qirgʻiziston – 52 291 kishi
- Tojikiston – 47 213 kishi
- Rossiya – 13 128 kishi
- Qozogʻiston – 10 646 kishi
- Turkiya – 5 265 kishi
- Janubiy Koreya – 4 645 kishi
- AQSH – 987 kishi
- Buyuk Britaniya – 971 kishi
- Belarus R. – 928 kishi
- Germaniya – 772 kishi
Yaqin xorij mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari eʼlonlarida imtihonlarning nisbatan yengilligi, yoki umuman kirish imtihonlarining yoʻqligi, kontrakt narxini pastligiga alohida urgʻu beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Qaysi viloyat abituriyentlari eng koʻp talabalikka tavsiya etiladi?
15.01.2023 18:30
“Motivation Letter” yoki “Essay”ni qanday yozish kerak?
08.03.2022 14:53