O‘qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo‘ladimi?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Avval xabar berganimizdek, 13-avgustda bo‘lgan test natijalari ham eʼlon qilinibdi. Demak, bu degani — 1-avgustdan 13-avgustga qadar bo‘lib o‘tgan barcha test sinovlarining natijalari maʼlum bo‘ldi.
Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Demak, endi mandat.uzbmb.uz saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi.
Qissadan hissa, hozir asosiy kvota bo‘yicha o‘qishga kirganlar ro‘yxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib o‘tirmasdan, talabalikni allaqachon nishonlayversa bo‘ladi (bechora qo‘chqorlar😃).
Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi (ya’ni 1 kishi 5 ta ro‘yxatda turibdi), mandatda esa faqat 1 ta ro‘yxatda qoladi va to‘rttasidan o‘chiriladi. Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi.
Bundan tashqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumiy ro‘yxatdan chiqib ketadi.
Xullas, mandat chiqqanda hozirgi ro‘yxatdagi o‘rningizdan teparoqqa ko‘tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq.
Demak, hozir ro‘yxat bo‘yicha ajratilgan kvota ichida turganlar albatta talaba bo‘ladi. Shuningdek, hozir kontraktni boshida turganlar byudjetga ko‘tarilishi ham mumkin.
Kira olmaganlarchi? Ular umid qilsa bo‘ladimi?
Ha, bo‘ladi. Lekin ular hozirdan aniq bila olmaydi. Ular yaxshisi sabr bilan, duo qilib kutishsin.