Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

22-avgust 10:34
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.