O‘qituvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun 71,4 mlrd so‘m ajratildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘qituvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun 71,4 mlrd so‘m ajratildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim muassasalarida bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar va boshqa xodimlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari bo‘yicha qo‘shma xatida joriy yilgi ko‘riklar uchun 71,4 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, pedagog xodimlarga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqi berilgan. Shu bilan birga, ushbu qonunning 7-moddasida pedagog xodimlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi kerakligi belgilangan.
Tibbiy ko‘riklar davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar yordamida amalga oshiriladi va bu o‘qituvchilar salomatligini ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.