OTM uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish davlat xizmatlari asosida tashkil etiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmatlari asosida tashkil etishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Unda quyidagilar:
- ta’lim tashkilotlari uchun davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;
- o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va nashrga ruxsat olish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
- chop etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlariga elektron shakldagi QR-kodli nashr ruxsatnomasi berish;
- o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash;
- davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida to‘lov undirish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning rad etish asoslari belgilanadi.