OTMlarga hujjat topshirishda istalgan yo‘nalishini tanlash mumkin (ta’lim shaklida cheklovlar bo‘lmaydi)
20.05.2023 14:40

"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Natijaviylik. Biz sifatli ta'limni ta'minlasak, natijalar yaxshilanadi. Natijaga imkon qadar qisqa vaqtda erishish uchun harakat qilamiz.– Registon ta'lim loyihasi
Endi OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmaydi
Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.
"Avvallari abituriyentga 1 ta’lim shakli bo‘yicha 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa, hozirda talabalar ta’lim shaklidan qat’i nazar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.
Bunda talabalar bitta yo‘nalishni tanlab, ta’lim shakliga ko‘ra barchasida ham ishtirok etishi mumkin," – dedi Majid Karimov.
Ta’kidlash lozim, oldinroq OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilgandi
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Bu yil Yuridik universitetlarga birinchi blok huquqshunoslik boʻladi
26.05.2023 18:29
2023-yilgi kirish imtihonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
20.05.2023 14:28
2023-yil OTMga test sinovlari yopiq pavilonlarda o‘tkaziladi
16.05.2023 18:45