Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Samarqandda O‘zbek-Fin instituti ochildi

30.06.2021 19:58
Samarqandda O‘zbek-Fin instituti ochildi

Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi

Hukumat qarori (408-son, 29.06.2021 y.) bilan Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi.

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

✅ Pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Institutda o‘quv jarayoni:

● Finlyandiya ta’lim dasturlari va texnologiyalari asosida tashkil etiladi;
● 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Shunga ko‘ra, Universitetda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.

2021/2022 o‘quv yili uchun Institutga kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari davlat komissiyasi qaroriga asosan, 2022/2023 o‘quv yilidan esa har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.