O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 22- oktabrdagi “Harbiy tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4870-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Akademiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
tibbiyot sohasida tor mutaxassislar, ilmiy-pedagogik kadrlar hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy metodlarni keng joriy etish;
harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Akademiyada tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichini tamomlagan, o‘qish yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan, o‘qishini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tanlab olinadi.
Akademiyada kursantlarning majburiy ikki yillik o‘qishi ikki bosqichli harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida:
birinchi yil – bakalavriat, ikkinchi yil – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy internaturada tayyorlanadi.
Akademiyada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
Mutaxassislik | Ta’lim muddati | Ta’lim yo‘nalishi |
I. Bakalavriat | ||
Harbiy vrach | 1 yil | Harbiy tibbiyot ishi (davolash ishi) |
Gigiena-epidemologiya harbiy vrachi | 1 yil | Harbiy tibbiyot ishi (tibbiy profilaktika ishi) |
II. Harbiy internatura | ||
1. Yuqumli kasaliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha) 2. Ichki kasalliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha) 3. Jarohlik kasalliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 1 yil | Davolash ishi |
1. Harbiy epidemiolog 2. Harbiy gigienist | 1 yil | Tibbiy profilaktika ishi |
III. Klinik ordinatura | ||
1. Ichki kasalliklar (terapiya) 2. Umumiy xirurgiya 3. Yuqumli kasalliklar | 2 yil 2 yil 2 yil | Davolash ishi |
1. Epidemiologiya 2. Kommunal gigiena 3. Mehnat gigienasi | 2 yil | Davolash ishi |
IV. Magistratura | ||
Gigiena (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 2 yil | Tibbiy profilaktika ishi |
Harbiy sog‘liqni saqlashni tashkil etish va menejmenti | 2 yil | Harbiy tibbiyot ishi (davolash ishi) Davolash ishi |
Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha) | ||
Terapiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) | 3 yil | Harbiy tibbiyot ishi (davolash ishi) Davolash ishi |
Xirurgiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) | ||
Yuqumli kasalliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha) | ||
V. Doktorantura | ||
Harbiy tibbiyot | 3 yil | Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
Tibbiyot fanlari doktori (DSc) |
Hozirgi kunda Akademiyada quyidagi kafedralar faoliyat yuritib kelmoqda:
- Tibbiyot xizmatining tuzilishi va taktikasi
- Jangovar jarrohlik patologiyalari
- Harbiy terapiya va toksikologiya
- Harbiy gigiena
- Harbiy epidemiologiya va biologik xavfsizlik.
TIBBIYOT XIZMATINING TUZILISHI VA TAKTIKASI KAFEDRASI
Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedraning ilmiy-pedagogik xodimlari hal qiladigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, qo‘shinlarda tibbiy yordam ko‘rsatish faoliyatini mohirona tashkil etish va o‘tkazish, shaxsiy tarkibni tayyorlash, o‘qitish va qat’iy qonunchilik tartibini saqlashga qodir bo‘lgan yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;
- tibbiyot xizmatining rezerv va zahiradagi ofitserlarini tayyorlash, shifokorlarning malakasini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
- tinglovchilar va kursantlarni harbiy, huquqiy va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularda yuksak harbiy kasbiy fazilatlar, intizom va mehnatsevarlik, ma’naviy va jismoniy chidamlilikni tarbiyalash;
- Qurolli Kuchlar tibbiy xizmati, harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish;
- harbiy tibbiyotning dolzarb muammolarini ilmiy ishlab chiqish, tibbiy xizmat bo‘linmalari va muassasalarining jangovarlik qobiliyati va jangovar tayyorgarligini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- qo‘shinlarni tibbiy ta’minlash, harbiy tibbiyot xodimlarini maxsus tayyorlash va harbiy okruglar tibbiy xizmati, markazga bo‘ysunuvchi harbiy tibbiyot tashkilotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ko‘maklashish.
Ta’lim faoliyati
Hozirgi kunda kafedrada kursantlar, rezerv va zahiradagi ofitserlarni tayorlash, tibbiyot mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv-moddiy bazani takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Akademik fanlar:
Tibbiyot xizmatining tuzilishi va taktikasi
Tibbiyot xizmati kundalik faoliyatini boshqarish
Harbiy-tibbiy mol-mulk ta’minoti
Umumiy taktika
Harbiy topografiya
Umumharbiy nizomlar
Qo‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish
Otish tayorgarligi
Saf tayorgarligi
TXTT kafedrasida
Kafedra mutaxassislarining bevosita va faol ishtirokida harbiy-tibbiy estafeta – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiyot xizmati harbiy bo‘limlari tibbiyot xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazilmoqda. “Harbiy tibbiy estafeta” kasb mahorati tanlovining umumqo‘shinlar bo‘yicha bosqichi yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilarning bir qismi musobaqaning xalqaro bosqichida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari terma jamoasi safiga qo‘shildi. Bunday musobaqalar endi doimiy o‘tkazilib kelmoqda.
JANGOVAR JARROHLIK PATOLOGIYASI KAFEDRASI
Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedraning ilmiy-pedagogik xodimlari hal qiladigan asosiy vazifalar:
⦁ yuksak intellektual salohiyatga va harbiy tibbiyot sohasida kuchli bilimga ega, o‘z Vataniga fidoyi, tinchlik va urush davrida qo‘shinlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni samarali tashkil eta oladigan yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;
⦁ Qurolli Kuchlar tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish, harbiy shifokorlarning harbiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini tizimli ravishda oshirish, ularning maxsus bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilash, yangi tibbiy texnologiyalarni o‘zlashtirishga ko‘maklashish;
⦁ rezerv va zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
⦁ harbiy dala jarrohligi sohasida o‘quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etish;
⦁ tibbiy xizmatning bo‘lajak ofitserlarini yuksak ma’naviy-axloqiy, psixologik va yetakchilik fazilatlarini, vatanparvarlik va o‘z Vatani bilan faxrlanish tuyg‘ularini tarbiyalashda ishtirok etish va mamlakatimiz Qurolli Kuchlari, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi g‘oyalariga sadoqatini, ularning keng dunyoqarashi, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
⦁ harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Qurolli Kuchlar tibbiyot xizmatining davolash-evakuatsiya tadbirlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
⦁ qo‘shinlarni tibbiy ta’minlashda, harbiy tibbiyot xodimlarini maxsus tayyorgarligida harbiy okruglar tibbiyot xizmati, Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot tashkilotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ko‘maklashish.
Ta’lim faoliyati
Kursantlar, rezerv va zahiradagi ofitserlar, malaka oshirish fakulteti tinglovchilari, klinik ordinatura, harbiy internatura tinglovchilariga ta’lim berilmoqda.
O‘qitiladigan fanlar:
Kursantlarni tayyorlash:
⦁ Harbiy dala jarrohligi
⦁ umumiy amaliyot shifokori (jarrohlik yo‘nalishi);
⦁ Shoshilinch tibbiy yordam
Rezerv va zahiradagi ofitserlarni tayyorlash:
⦁ Harbiy dala jarrohligi
Klinik ordinatura (rezidentura):
⦁ Travmatologiya va ortopediya
⦁ Anesteziologiya va reanimatsiya
⦁ Oftalmologiya
⦁ Otorinolaringologiya
Harbiy internatura:
⦁ Jarrohlik kasalliklari
Malaka oshirish fakulteti:
⦁ jarrohlikda hamshiralik ishi
⦁ operatsiya hamshirasi
⦁ hamshira-anestezist
Ilmiy faoliyat
Kafedra ilmiy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- horijiy davlatlar qurolli kuchlari tibbiyot xizmatining rivojlanish tendensiyasi va qurilish tajribalari asosida, operativ-taktik darajada birlashmalarni, qo‘shilmalarni va qurolli kuchlar turlari qismlarini, qo‘shin turlari, maxsus operatsiya kuchlarini qo‘llashda tibbiy ta’minotni tashkillashtirish bo‘yicha, rivojlanishning muhim yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini O‘R QK akademiyasi, respublikadagi oliy tibbiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan uzviy hamkorlikda amalga oshirish;
- xorijiy va qo‘shni davlatlarning qurolli kuchlari qo‘shinlari tibbiyot xizmati va harbiy hamda harbiy-tibbiy tuzilmalari tarkibini, tashkiliy-shtat tuzilmalarini, taktik harakatlar tibbiy ta’minotini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, O‘R MV qo‘shinlari tibbiyot xizmati faoliyatida ijobiy tajribalarni qo‘llash bo‘yicha asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
- harbiy-ilmiy ishlarning nazariy va amaliy ahamiyati darajasini oshirish, ularning natijalarini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga joriy etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
- harbiy-ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy ishlarni, to‘plamlar va boshqa nashrlarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlash.
Kafedrada ilmiy ishning asosiy shakllari quyidagicha:
- ilmiy ish (dissertatsiya, monografiya, o‘quv qo‘llanma, to‘plam, algoritm), ilmiy ma’ruzalar, maqolalar, axborotlarni ishlab chiqish, shuningdek ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish;
- Qurolli Kuchlar tibbiyot xizmati faoliyatini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni (qo‘llanma, dastur, holat, nizom) ilmiy hamkorlikda ishlab chiqish;
- ilmiy maqola va ishlarga taqriz, xulosa va mulohazalar tayyorlash;
- ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va yig‘ilishlarni tayyorlashda hamda o‘tkazishda qatnashish, ular bo‘yicha materiallarni tizimlashtirish va tahlil qilish;
- ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlari.
HARBIY GIGIYENA KAFEDRASI
Kafedraning asosiy vazifalari
Harbiy tibbiyot sohasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davridagi sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;
qiyin taktik sharoitlarda tibbiyot muassasalarini boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish, hamda qo‘shinlarning tibbiy muxofazasi masalalari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan zaxiradagi va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkillashtirish, rejali ravishda harbiy tibbiy xodimlarning harbiy va professional tayyorgarligini oshirish, ularning o‘z mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, yangilash va tajribalarini oshirish;
kelajakda yetishib chiqayotgan ofitserlar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi vatanparvarlik va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi g‘oyalariga sodiqlik va har bir bo‘lajak ofitserning dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida sanitar-gigiyenik chora-tadbirlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish;
harbiy qismlarning sanitar-gigiyenik ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish, shu soha bo‘yicha harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
mavjud bo‘lgan o‘quv-ilmiy, moddiy ta’minot bazalarini rivojlantirish va har tomonlama kuchaytirish, tibbiy xizmat ofitserlarini sifatli tayyorlash pog‘onalari mobaynida o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishni yo‘lga qo‘yish ;
rarbiy tibbiyot sohasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davridagi sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;
narbiy qismlarning sanitar-gigiyenik ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish, shu soha bo‘yicha Harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
O‘quv bazasi
Kafedraning o‘quv bazasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, Ichki ishlar vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, Milliy gvardiya sanitariya epidemiologiya xizmati, Chegara qo‘shinlari sanitariya epidemiologiya otryadi hisoblanadi.
Ilmiy faoliyat
Harbiy xizmatchilar orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, harbiy xizmatchilar mehnat sharoitlarini optimallashtirish, ovqatlanish holatini sanitar-gigiyenik jihatdan o‘rganish va chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
HARBIY EPIDEMIOLOGIYA VA BIOXAVFSIZLIK KAFEDRASI
Kafedraning asosiy vazifalari
Harbiy tibbiyot sohasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davridagi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;
Qiyin taktik sharoitlarda tibbiyot muassasalarini boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish, hamda qo‘shinlarning tibbiy muxofazasi va bioxavfsizlik masalalari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan zaxiradagi va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkillashtirish, rejali ravishda Harbiy tibbiy xodimlarning harbiy va professional tayyorgarligini oshirish, ularning o‘z mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, yangilash va tajribalarini oshirish;
Kelajakda yetishib chiqayotgan ofitserlar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi vatanparvarlik va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi g‘oyalariga sodiqlik va har bir bo‘lajak ofitserning dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
Harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish.
Harbiy qismlarda epidemiyaga qarshi, bioxavfsizlik tadbirlarini tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish, shu soha bo‘yicha Harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Mavjud bo‘lgan o‘quv-ilmiy, moddiy ta’minot bazalarini rivojlantirish va har tomonlama kuchaytirish, tibbiy xizmat ofitserlarini sifatli tayyorlash pog‘onalari mobaynida o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishni yo‘lga qo‘yish
Harbiy tibbiyot sohasida yuqori bilimga va yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, o‘z vataniga sadoqatli, qo‘shinlarning urush va tinchlik davridagi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq tashkillashtirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash;
Qiyin taktik sharoitlarda tibbiyot muassasalarini boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish, hamda qo‘shinlarning biologik xavfsizligi masalalari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan zaxiradagi va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkillashtirish, rejali ravishda Harbiy tibbiy xodimlarning harbiy va professional tayyorgarligini oshirish, ularning o‘z mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, yangilash va tajribalarini oshirish;
Kelajakda yetishib chiqayotgan ofitserlar ongida yuksak ruhiy-ma’naviy, psixologik va yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantirish, Ona yurtimiz va O‘zbekiston Respublikisi Qurolli Kuchlari oldidagi va mag‘rurlik hissini yuksaltirish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi g‘oyalariga sodiqlik va har bir bo‘lajak ofitserning dunyoqarashni kengaytirishni hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
Harbiy-tibbiyot xizmati olib boradigan davolash-evakuatsiya bosqichlarida va kundalik xizmat sharoitlarida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarini tashkillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish.
Harbiy qismlarning epidemiyaga qarshi ta’minotni tashkillashtirish sohasida o‘quv-metodik adabiyotlar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va ko‘paytirish, shu soha bo‘yicha Harbiy-tibbiy xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Mavjud bo‘lgan o‘quv-ilmiy, moddiy ta’minot bazalarini rivojlantirish va har tomonlama kuchaytirish, profilaktika yo‘nalishidagi tibbiy xizmat ofitserlarini sifatli tayyorlash pog‘onalari mobaynida o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishni yo‘lga qo‘yish;
O‘quv bazasi
Kafedraning o‘quv bazasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, Ichki ishlar vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, Milliy gvardiya Sanitariya epidemiologiya xizmati, Chegara qo‘shinlari sanitariya epidemiologiya otryadi hisoblanadi.
Ta’lim faoliyati
Hozirgi kunda kafedrada tibbiy profilaktika va davolash ishi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasidagi kursantlar, TTA zahira ofitserlar tayyorlash (3-4-kurslar), tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakultetining tinglovchilariga o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim berilmoqda. Kafedrada quyidagi akademik fanlar bo‘yicha ta’lim berish tashkillashtirilgan:
Epidemiologiya
Harbiy epidemiologiya
Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish
Tibbiyot menedjmenti
Ijtimoiy tibbiyot va jamoat sog‘ligini saqlashni tashkil etish
Biologik xavfsizlik
TIBBIY O‘QUV-MASHQ SIMULYATSIYA MARKAZI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining sohalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari, tajribalarini takomillashtirish maqsadida virtual simulyatsion trenajyorlar, manekenlarda tajribalarini orttirish, ko‘nikmalarini takomillashtirishga erishishlarini ta’minlash;
simulyatsiya markazi kerakli bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan va hozirgi zamon talablari darajasida jihozlangan;
jahonning rivojlangan davlatlar tajribalarini doimiy o‘rganib borilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasida tibbiy oliy ta’lim muassasalari simulyatsiya markazlari bilan aloqalarni o‘rnatilgan bo‘lib tajriba almashilmoqda;
jahonning rivojlangan davlatlaridan simulyatsiya bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish ishlari doimiy amalga oshirilmoqda.
OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM BO‘LIMI
Akademiya oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘limi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etish, Akademiyada tahsil olayotgan harbiy internlar, klinik ordinatorlar, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar bilan o‘quv, uslubiy va ilmiy ishlarni rejalashtirilishi, ularni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda bajarilishini tashkil etadi hamda nazorat qiladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘limida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan vrachlik mutaxassisliklari nomenklaturasi bo‘yicha mutaxassisga qo‘yiladigan ixtisoslik talablari asosida tuzilgan o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘limida o‘qitish belgilangan tartibda O‘R QK HTA, harbiy-tibbiy muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bazasida amalga oshiriladi.
Klinik ordinatura va magistraturaga nomzodlarni qabul qilish
Klinik ordinaturaga tayanch oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiy mutaxassislar qabul qilinadi.
Klinik ordinaturaga qabul qilish tanlov asosida yilda bir marta amalga oshiriladi. Tanlovga qo‘shinlarda kamida 3 yil xizmat qilgan, harbiy xizmat davomida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan, tibbiy mutaxassisliklarning biror turiga layoqati bo‘lgan tibbiyot xizmati ofitserlari jalb etiladi.
Tibbiyot xizmati ofitserlari quyidagilardan biriga ega bo‘lganda klinik ordinaturaga tanlovsiz qabul qilinadi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvoni;
xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov (musobaqa)larda individual yo‘nalishda birinchi o‘rin sohiblari;
tibbiyot sohasida yaratgan yangiliklari bo‘yicha ixtiro guvohnomasi.
Hujjatlar – nomzod tomonidan tanlangan mutaxassislik bo‘yicha bildirgi, harbiy okrug (birlashma) tibbiy ta’minot xizmati boshlig‘i tomonidan berilgan xizmat tavsifnomasi, xizmat kartochkasidan ko‘chirma qabul komissiyasiga joriy yilning 31 iyuliga qadar yuboriladi.
Tanlov yakunida test sinovlari o‘tkaziladi. Testga mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha savollar kiritiladi. Harbiy tibbiyotga oid savollar har yili 1 aprel sanasigacha www.mudofaa.uz saytida e’lon qilinadi.
Test natijalari asosida eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar klinik ordinaturaga qabul qilinadilar.
Mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha kvotalar Mudofaa vazirligi ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. Qurolli Kuchlar boshqa kuch tuzilmalariga kvota alohida ajratiladi.
Boshqa vazirlik, idora va tashkilotlarning yo‘llanmasi bo‘yicha yoki o‘z xohish-istagiga ko‘ra o‘qishga talabgorlar mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha imtihon (test) sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Yo‘nalishlar, o‘rinlar soni www.mudofaa.uz saytida e’lon qilinadi.
Tanlovdan o‘tgan fuqarolar belgilangan miqdordagi to‘lov-kontrakt summasini to‘lagandan so‘ng ta’lim jarayonlariga ruxsat beriladi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom.
Klinik ordinaturaga o‘qishga qabul qilinganlar ro‘yxati Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan e’lon qilinadi.
Klinik ordinaturada o‘qitishni tashkil etish
Klinik ordinaturada o‘qitish kunduzgi shaklda, asosiy xizmat joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Klinik ordinaturada o‘qish muddati qonun hujjatlariga muvofiq, homiladorlik, tug‘ruq va chaqaloqni parvarish qilish bo‘yicha ta’til vaqti, shuningdek, tibbiyot muassasalarining tegishli xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda kasallik davriga uzaytirilishi mumkin.
Klinik ordinatorning hisoboti kafedra majlisida ma’qullangandan keyin, yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi.
O‘qitish jarayonida klinik ordinatorlar bilimlari va malakasini baholashda amaldagi baholash tizimi qo‘llanadi.
Attestatsiya natijalari bo‘yicha komissiya qaror qabul qiladi hamda Akademiya Ilmiy kengashida o‘qib eshittiriladi.
Klinik ordinaturada mutaxassislarni tayyorlash sifati uchun javobgarlik kafedralar, davolash bo‘linmalari, laboratoriyalar boshliqlari va Mudofaa vazirligi yetakchi mutaxassislari zimmasiga yuklanadi.
Klinik ordinatura bitiruvchilariga mutaxassislik va amaliyot faoliyati talablariga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha belgilangan yagona namunadagi hujjat beriladi. Ushbu hujjat vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Magistraturada ta’limni tashkil etish
O‘qitish kunduzgi shaklda, asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Magistratura tinglovchisining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati magistrlar tayyorlashni tashkil etish sxemasiga muvofiq magistratura tinglovchisining taqvim ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.
Magistratura tinglovchisining taqvim ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va akademiya boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura tinglovchisi o‘zining taqvim ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi.
Har o‘quv semestri yakunida Ilmiy kengash yig‘ilishida kafedra boshlig‘i magistratura tinglovchisining taqvim ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.
Bog‘lanish:
- Manzil: 100023, Toshkent sh., M.Ulug‘bek t-ni, Ziyolilar ko‘chasi, 4-uy.
- Telefon: (55) 506-02-65.