O‘zbekistonda onlayn ta’lim qanday rivojlanmoqda?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ekspertlar masofaviy ta’limga kirishda ayollarga imtiyozlar berish hamda o‘rta yoki qo‘shimcha fanlarni onlayn, asosiylarini esa an’anaviy ta’lim shaklida o‘tkazish kabilarni tavsiya qilmoqda.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari dunyo va O‘zbekistonda onlayn ta’limning holati va tendensiyalarini o‘rgandi.
COVID-19 pandemiyasi tufayli masofaviy ta’limga tez o‘tish onlayn ta’lim xizmatlariga talabning oshishiga olib keldi.
AQShda magistratura bosqichidagi talabalarning 22%ga yaqini, bakalavriat bosqichidagi talabalarning 11%i onlayn ta’lim oladi.
2023-yilda onlayn ta’limdan tushadigan daromad $74,80 mlrd.ga yetishi kutilmoqda.
Akademik menejerlarning aksariyati (75%) onlayn kurslardagi ta’lim natijasi sinfdagi kurslar natijasi bilan bir xil yoki yaxshiroq ekanligini e’tirof etmoqda.
2021−2026 yillar oralig‘ida Buyuk Britaniyada elektron ta’lim bozorining ulushi $11,57 mlrd.ga yetishi kutilmoqda.
Barcha kurs mavzulari video, audio, matn yoki infografikadan iborat kichikroq qismlarga bo‘lingan mikrota’limning tarqalishi Buyuk Britaniyadagi elektron ta’lim bozorining asosiy tendensiyalaridan biri bo‘lib, bozorning o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.
Bugungi kunda “Coursera” va “edX” kabi platformalar dunyoning 200 dan ortiq yetakchi universitetlari va kompaniyalari bilan hamkorlikda onlayn kurslarni taqdim etadi.
Ushbu onlayn platformalar yashayotgan shahridan turib magistr va bakalavr darajasini olish imkonini beradi.
Shuningdek, bu platformalar orqali tahsil olayotganlar kampusdagi talabalar bilan bir xil o‘quv dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Karantin choralaridan so‘ng O‘zbekistonda onlayn ta’lim tez sur’atlarda takomillasha boshladi.
O‘tgan yilning oktabr oyida hukumat Oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlagandi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalariga masofaviy ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi.
2022-yilning oktabrida “Coursera” va O‘zbekiston o‘rtasida IT-ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolangandi.
Platforma joriy yildan boshlab mavjud bo‘lgan kodlash bo‘yicha 1,2 mlnga yaqin bepul kurslarini ajratadi.
Elektron ta’lim quyidagi sabablar tufayli samarali hisoblanadi:
- ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini oshiradi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlarni taqdim etadi;
- mamlakatda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshiradi.
Institut mutaxasislari bu bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni bildirgan:
- samarali va yaxshi ta’minlangan kampus tarmog‘ini tashkil etish, serverlarni samarali qo‘llab-quvvatlash, talabalarni onlayn ro‘yxatga olish, billing va to‘lov tizimi, onlayn kitob do‘koni va onlayn kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
- an’anaviy va masofaviy ta’lim aralashmasi bo‘lgan gibrid ta’lim shaklini joriy etish, ma’ruzalarni onlayn tarzda o‘tkazish (chunki ular talabalarning o‘zaro ta’siri va faol ishtirokini talab qilmaydi, seminarlar esa an’anaviy o‘qitish shaklida o‘tkazilishi mumkin);
- masofaviy ta’limga kirishda ayollarga imtiyozlar berish;
- o‘rta yoki qo‘shimcha fanlarni onlayn, asosiylarini esa an’anaviy ta’lim shaklida o‘tkazish.