O‘zbekistondagi eng yomon davlat oliygohlari nomi e’lon qilindi

"Registon" o’quv markazida darslar haftada 3 kun bo'lishiga qaramasdan, o'quvchilarimiz qolgan kunlarda ham kelib bemalol yordamchi Ustozlar bilan ishlashlari mumkin.– Registon ta'lim loyihasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingidan xabardormisiz? Yo‘q bo‘lsa eslatib o‘tamiz:
Milliy reytingga kirgan 92 ta oliy ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligiga quyidagi 4 ta yo‘nalishdagi 20 ta indikator asosida baho berilgan.
– ilmiy tadqiqot faoliyati va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
– o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati;
– talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
– sportni rivojlantirish.
Milliy reytingga ko‘ra, eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
– Termiz muhandislik texnologiya instituti;
– O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
– Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
– Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
– Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.
Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
– «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti;
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent moliya instituti;
– Samarqand davlat universiteti;
– Navoiy davlat konchilik instituti.