Grantlar

EPAM o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar uchun o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Ishtirok etish uchun ingliz tili darajasi B1 va undan yuqori bo‘lishi hamda dasturlash tillarini bilish talab etiladi.

1 411 ko'rish

EPAM o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar uchun o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Ishtirok etish uchun ingliz tili darajasi B1 va undan yuqori bo‘lishi hamda dasturlash tillarini bilish talab etiladi.

EPAM o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar uchun o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqdaFoto: EPAM

“EPAM” “Automated Testing” bo‘yicha kurslarga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Trening dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan sinov muhandisi ishi haqida ma’lumot beradi.

Unda faqat o‘zbekistonliklar yoki mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar ishtirok etishlari mumkin.

Trening jarayoni 2 bosqichdan iborat:

Self-paced — bu bosqichda hamjamiyat yordamida kodlash platformalarida mustaqil o‘rganish mumkin.

Blended mode — aralash rejimda esa muhandislar yordamida ilg‘or mavzularga o‘tiladi hamda qiyin vazifalarni bajarishga yordam beriladi.

Ikkita bosqichni tugatgan ishtirokchilar avtomatik ravishda test laboratoriyasiga qo‘shiladi. Bundan tashqari, “EPAM Uzbekistan"dan ish taklifiga ham ega bo‘lish mumkin.

Unda ishtirok etish uchun ingliz tili darajasi “Intermediate” (B1) va undan yuqori bo‘lish kerak.

Shuningdek, IT-sohasi bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish hamda Java, C# yoki Javascript kabi dasturlash tillaridan birini bilish zarur.Arizalarni 15-martgacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ulashish

Aloqador maqolalar

MenTalaba.uz

Nega Hamma Mentalaba.uz Haqida Gapiryapti?

Mentalaba.uz – abituriyentlar va talabalar uchun eng so‘nggi yangiliklar, grantlar, imtihon natijalari va ta’lim imkoniyatlari. Nega hamma bu platforma haqida gapiryapti – bilib oling!

755 ko'rish

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish