Polsha hukumati magistratura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qabul qilingan talabalarga til kursi davomida $380 hamda o‘qish boshlangach $336 miqdorida stipendiya ajratiladi.
Foto: Times Higher Education
Polsha hukumati magistratura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlardan, xususan, O‘zbekistondan ham nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.
Dasturga muhandislik, ijtimoiy fan, IT, fan va san’at yo‘nalishi bo‘yicha arizalar qabul qilinadi hamda ariza topshirish bepul.
Agar nomzod polyak tilidagi dasturlarda ishtirok etmoqchi bo‘lsa, A2 yoki B1 darajasiga ega bo‘lishi, ingliz tilidagi dasturlar uchun esa kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Nomzodlar shaxsni tasdiqlovchi hujjati, diplom va baholari, tavsiyanoma va boshqa hujjatlarni onlayn jo‘natishi mumkin.
Dasturga qabul qilinganlar bepul polyak tili kursida ishtirok etishadi.
Tayyorgarlik kursi davomida talabalarga oylik $380 miqdorida hamda o‘qish boshlangach $336 miqdorida stipendiya ajratiladi.
Arizalarni joriiy yilning 31-martigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.