Psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra oliygohlarning pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da psixologlarning malaka talablari belgilab berilgan.
Psixolog lavozimi uchun malaka talablari
Psixolog lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqaro kamida bakalavr darajasidagi psixolog yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatgan bo‘lishi lozim. Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi, chunki ular tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi. Shu sababli psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkin emas.