Psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul 30 foizga oshiriladi
16.06.2021 09:21

"Registon" o’quv markazining maqsadlari: Ta'lim laboratoriyalarini tashkil etish. Zamonga moslab, ta'lim berishning yangicha usul va uslublarini kashf etish.– Registon ta'lim loyihasi
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.
Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:
- oliy ta’lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitiladi;
- respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3- va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- psixologiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;
- kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – OTM) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1—3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Abituriyent ruxsatnomasini olish tartibi. Abituriyent-2021
28.07.2021 00:57
DTM ga jiddiy taklifimiz bor
23.07.2021 01:17