Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Pul bilan o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Bugun, 10:33
Pul bilan o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Pul bilan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Talabalar orasida eng ko‘p tarqalgan savollardan biri: “Pul bilan o‘qishni boshqa oliygohga ko‘chirish mumkinmi?” Bu mavzu atrofida ko‘plab mish-mishlar yuradi. Keling, bu savolga aniq va senzurasiz javob beramiz.

Davlatdan davlatga o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, bir davlat oliygohidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish faqatgina ikki asosli uzrli sabab asosida ruxsat etiladi:

  1. Turmush qurish sababli o‘qishni ko‘chirish;

  2. Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarishi sababli ko‘chirish.

Bu ikki holatdan tashqari boshqa har qanday holatda davlat OTMlarida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Pul evaziga o‘qishni ko‘chirish – firibgarlikmi?

Firibgarlik sxemasi qanday ishlaydi?

Ba’zi shaxslar, ayniqsa “tanishim bor”, “hal qilib beraman” deb chiqqanlar sizga 2000$ dan 10 000$ gacha “xizmat haqi” so‘rashadi. Ammo bu yolg‘on va firibgarlikdan boshqa narsa emas.

Ular pulni olib, ishingizni bajarishni va’da qiladi, keyin esa oyma-oy bahonalar bilan sizni umid qilib yurishadi. Oradan bir yil o‘tib, siz pulingizni yo‘qotganingizni, vaqt va asablaringizni sarflaganingizni tushunib yetasiz.

Pulni qaytarish – aldovning bir qismi

Ushbu “xizmat”ni taklif qilganlar oxir-oqibat sizga “o‘xshamay qoldi”, “yuqoridagi akaxon ishdan ketib qoldi” kabi standart yolg‘onlarni aytishadi. Hatto ba’zida pulni qisman qaytarib, go‘yoki javobgarlikdan qutilgan bo‘lishadi. Biroq bu vaqtda sizning pulingiz “aborot” bo‘lib xizmat qiladi.

“Tanishim pul bilan hal qildi” – bu ham yolg‘on bo‘lishi mumkin

Ko‘plab talabalar: “Falonchi tanishim pul bilan o‘qishni ko‘chirdi-ku” deb o‘ylaydi. Lekin bu gaplar ko‘pincha haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Balki u sizdan o‘z holatini yashirgandir? Yoki hatto agar darslarga qatnayotgan bo‘lsa ham – bu qalbaki hujjatlar orqali amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin va bu juda tez fosh etiladi.

So‘nggi yillarda bunday holatlar fosh bo‘lib, ayrim talabalar hatto javobgarlikka ham tortilgan.

Xulosa

Pul evaziga davlat oliygohidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin emas. Sizga bu borada va’da berganlar – firibgarlar. Ular sizning umidingizdan, hayolingizdan va pulingizdan foydalanishadi. Agar bunga rozi bo‘lsangiz – nafaqat pul, balki qimmatli vaqt va imkoniyatlaringizni ham yo‘qotasiz. Maslahatim – bu mavzudan yiroq yuring!