Qanday hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish murojaatlari rad etilishi mumkin?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Qanday hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish toʻgʻrisidagi murojaatlari rad etilishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (17.09.2021-yildagi 572-son) qarorining 26-bandiga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:
- Pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;
- Pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;
- So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
- Attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu shartlar pedagog kadrlarning attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishlari uchun muhimdir.