Qizlarga FOIZSIZ kredit beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga 2022-yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.
Kredit kimlarga beriladi?
- Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
- Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
- Kunduzgi;
- Sirtqi;
- Kechki.
Masofaviy taʼlimga berilmaydi ❌
14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.
Toʻlash qachondan boshlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.
Qanday hujjatlar kerak?
- bankka ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
- talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.