Radboud Encouragement Scholarship: Niderlandiyada ingliz tilida so‘zlashadigan magistrlar uchun to‘liq stipendiya
23.10.2021 00:16

Niderlandiyaning nufuzli oliygohi hisoblanmish Radboud Universiteti barchani ushbu universitetda magistratura bosqichini davom ettirishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Radboud Encouragement Scholarship dasturini taqdim etadi. Dasturda har tomonlama faol va bilimli yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Talablar:
- Nomzod Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
- Bakalavr bosqichini yakunlagan bo‘lishi shart;
- Ushbu universitet magistrlik kursi talablariga javob berihsi va qabul qilinishi kerak;
- Yuqori akademik ko‘rsatkich va faollikka ega bo‘lishi lozim;
- Ingliz tilini mukammal darajada bilishi kerak.
Imtiyozlar:
- Talabalar to‘liq kontrakt to‘lovidan ozod etiladi;
- Yashash xarajatlari uchun €11,100 bilan ta’minlanadi.
- Tibbiy sug‘urta, viza xarajatlari qoplab beriladi a boshqalar.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga kiring.
Hujjatlar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Magistraturani tugatib ishga kirgan o‘qituvchilar ham 1 yil stajyor bo‘lib ishlaydimi?
02-noyabr 11:17
Magistraturada ham super-kontrakt bormi?
31-avgust 10:08
Magistratura uchun yana bir marta qabul bo‘ladimi?
30-avgust 16:15
Rasman: Magistratura javoblari 30-avgustga qadar e’lon qilinadi
24-avgust 12:29