Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon ta’lim granti. 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?

26.09.2021 06:21
Registon ta’lim granti. 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?

Xabaringiz bor, “REGISTON” o‘quv markazi iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida eng kuchli yoshlarga OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mga teng bo‘lgan Grant tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovning 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan 12901 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 5000 nafar nomzod keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Ishtirok etgan barcha nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida o‘zlarining "Shaxsiy kabinet" orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Quyida bu uchun manzillar berilgan).

Tanlovning 2-bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 5000 nafar ishtirokchi o‘tdi va tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Imtihon turi: IQ (mantiqiy tahlil) ga oid 25 ta test savollari

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 2-bosqichi 27-sentabr kuni soat 20:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 30 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari talab etiladi. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng mandat shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 100 (yuz) nafardan ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.**

Ajratilgan vaqt: 30 daqiqa (Har bir savolga bir daqiqadan vaqt ajratiladi. Eslatma imtihon oynasi 2 soat vaqt davomida ochiq turadi, imtihon uchun 30 daqiqa vaqt ajratilgan, ya’ni imtihon oynasi ochiq bo‘lgan vaqt davomida ishtirokchilar 30 daqiqa davomida tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha imtihondan o‘tishlari mumkin)

Ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

** Uchinchi bosqichga 2-bosqichdan saralangan 100 (yuz) nafardan ishtirokchi o‘tadi. Ya’ni har bir yo‘nalishdan 100 nafardan ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanma oladi, umumiy 1000 nafar ishtirokchi final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishadi

Eslatma: Final bosqichida Grantning mutlaq g‘oliblari saralanadi va aniqlanadi. Grant g‘oliblari 100 nafarni tashkil etadi

Barcha final bosqichining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazi maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida taтtanali ravishda taqdirlanishadi.

Grant g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, "Regbooks" nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitoblar, qo‘llanmalar hamda QR-kodli diplomlar berilishi bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 6 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta;
  • 2-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 4 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta;
  • 3-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 2 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta.

Bundan tashqari, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 70 nafar (har bir yo‘nalishdan 7 nafardan) ishtirokchiga 1 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 7 tadan bo‘lib, grantlar soni 70 ta;

Eslatma: Grant vaucherlar iqtidorli yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida “REGISTON” o‘quv markazida tahsil olish uchun ishlatiladi.

Tanlovning umumiy yo‘riqnomasi bilan mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin

2-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

OLIYGOH.UZ jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Grantning 1-bosqich natijalarini mana bu yerdan tanishib chiqish mumkin:

Ona tili va adabiyot yo‘nalishi natijalari
Tarix yo‘nalishi natijalari
Matematika yo‘nalishi natijalari
Fizika yo‘nalishi natijalari
Biologiya yo‘nalishi natijalari
Kimyo yo‘nalishi natijalari
Geografiya yo‘nalishi natijalari
Rus tili yo‘nalishi natijalari
Ingliz tili yo‘nalishi natijalari
IELTS yo‘nalishi natijalari