Registon ta’lim granti. Final bosqichi

18-oktabr 14:52
Registon ta’lim granti. Final bosqichi

Xabaringiz bor, “REGISTON” o‘quv markazi iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida eng kuchli yoshlarga OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida umumiy sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mga teng bo‘lgan Grant tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovning Final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

2-bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan barcha nomzodlar final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega. (Nomzodlar ro‘yxati)

Final bosqichi qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Tanlovning final bosqichi 24-oktabr kuni “REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyalaridan birida imtihon bo‘lib o‘tadi. Final bosqichi vodiy va Sirdaryo viloyati yoshlari uchun “REGISTON” o‘quv markazining Toshkentdagi filiallaridan birida, shuningdek Respublikamizning boshqa hududlarida yashovchi yoshlar uchun esa Samarqand viloyatida joylashgan hududiy filiallarida bo‘lib o‘tadi. Har bir final ishtirokchisiga imtihon manzili, vaqti va hududi alohida sms xabarnoma qilib yetkaziladi.

Eslatma: Final bosqichida Grantning mutlaq g‘oliblari saralanadi va aniqlanadi. Grant g‘oliblari 100 nafarni tashkil etadi

Grant g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, "Regbooks" nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitoblar, qo‘llanmalar hamda QR-kodli diplomlar berilishi bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 6 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta;
  • 2-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 4 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta;
  • 3-o‘rin sohiblariga: “REGISTON” o‘quv markazi 2 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 1 tadan bo‘lib, grantlar soni 10 ta.

Bundan tashqari, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 70 nafar (har bir yo‘nalishdan 7 nafardan) ishtirokchiga 1 oy bepul tahsil olish uchun Grant-vaucherga ega bo‘ladi. Grant o‘rni – 10 ta yo‘nalish uchun 7 tadan bo‘lib, grantlar soni 70 ta;

Eslatma: Grant vaucherlar iqtidorli yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish maqsadida “REGISTON” o‘quv markazida tahsil olish uchun ishlatiladi.

Barcha final bosqichining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazi maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida taтtanali ravishda taqdirlanishadi.

OLIYGOH.UZ jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!