Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon stipendiyasi g‘oliblari munosib taqdirlanishdi

24.04.2022 23:33
Registon stipendiyasi g‘oliblari munosib taqdirlanishdi

Xabaringiz bor, Respublikamizda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida Registon ta’lim loyihasi, Oliy ta’lim vazirligi va OLIYGOH.UZ platformasi hamkorligida talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar 2 oy davomida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan imtihon tizimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Stipendiya tanlovining 1-bosqichi 20-fevral kuni Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2211 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi. (Natijalarni ko‘rish) Birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

27-fevral kuni tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 581 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi. (Natijalarni ko‘rish)

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final) bosqichi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqich Hujjatlar topshirish bosqichi bo‘lib, stipendiya tanlovida ishtirok etayotgan nomzodlar tanlov nizomida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda platformaning maxsus imtihonlar oynasi orqali taqdim etdilar. Tanlovning maxsus komissiyasi ushbu hujjatlarni 2 ish haftasi davomida tekshiruvdan o‘tkazishdi. (Natijalarni ko‘rish)

Bugun, 24-aprel Stipendiya tanlovining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanishdi (taqdirlash marosimi galareyasi quyida)

Registon stipendiyasi tanlovining komissiya tarkibi:

Rais:

Komissiya a’zolari:

  • Isaxonov Ja’farxon OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, Navoiy Davlat stipendiyasi sovrindori, Respublika ilmiy tadqiqotlar stipendianti, ko‘plab davlat va xalqaro grantlar finalisti;
  • Tolibjonov Botirjon — Registon ta’lim loyihasi "HR bo‘limi" direktori, ijtimoiy loyihalar koordinatori;
  • Haydarov Muhammad — Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, Registon ta’lim loyihasi Ona tili fan ustozlari Raisi, Registon fan professori, ko‘plab o‘quv-qo‘llanmalar muallifi;
  • Rashidova Nazira — Registon ta’lim loyihasida 1-darajali ustoz, ko‘plab o‘quv-qo‘llanmalar muallifi;
  • Payman Arina — Moskva Davlat universiteti bitiruvchisi, “REGISTON” o‘quv markazida katta o‘qituvchi;
  • Inomjonov Akrom Akrom — Webster University bitiruvchisi, “REGISTON” o‘quv markazida katta o‘qituvchi.
  • Hamidjonov Shavkat OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, xalqaro CDAC, ACTS grantlari sovrindori, ko‘plab xalqaro darajada startuplar asoschisi.

Tanlov komissiyasi tomonidan xalqaro toifadagi stipendiya loyihalarini o‘rgangan holda nomzodlarni natijalari quyidagi talablar asosida 90 ballik baholash tizimida baholandi:

  • O‘qish joyidan talabaga berilgan Registon stipendiyasi uchun dekanat yoki kafedraning tavsiyanomasi. Tavsiyanomada universitetning rasmiy vakili talaba haqida bergan ma’lumotlari;
  • Motivatsion xat (Nima uchun o‘zlarini "Registon stipendiyasi" tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida yozilgan maxsus motivatsion xat. Xatni o‘zbek, rus va ingliz tillarining istalgan birida qabul qilib olindi) Xatda nomzodarning mustaqil fikrga egaligi, imloviy xatolari, yozilgan fikrlarning izchilligi va ravonligi shuningdek xulosaning o‘ziga xosligi alohida e’tibor bilan tekshirildi.
  • Talabaning 2021-2022 o‘quv yillarida turli ranlov va loyihalarda erishgan yutuqlari, sertifikatlari diplomlari mutaxassilar tomonidan tekshirildi.
  • Talabaning 2021-2022 o‘quv yillarida ijtimoiy faolligi shuningdek nashr ettirilgan ilmiy ishlar, patent, ixtirolari o‘rganib chiqildi
  • Talaba nafaqat ilmiy ish yoki yutuqlar, balkim xalqaro darajada olgan imtihon sertifikatlari ham o‘rganildi;
  • Shuningdek talabalar jo‘natgan hujjatlar aslida to‘g‘riligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, o‘qish joyidan ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali tasdiqlangan yoki dekanatdan tasdiqlangan ma’lumotnoma), CV (ma’lumotnoma)lari ham o‘rganib chiqildi va komissiya a’zolari natijalarni umumlashtirilgan holda quyidagi nomzodlarni “Registon stipendiyasi" sovrindori deb e’lon qiladi:
Ishtirokchi Ball
Shoyunusov Sarvar
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
178
Nematjon Rajabov
Buxoro tibbiyot instituti
167.25
Gulomjon Yuldoshev
Urganch davlat universiteti
165
Indira Nabiyeva
Namangan davlat universiteti
164.5
Jaloliddin Makhmudov
Namangan muhandislik-qurilish instituti
163.75
Iroda Yodgorova
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
163.5
Faxriyev Jahongir
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
163.25
To‘rayev Jahongir
O‘zbekiston milliy universiteti
162.75
Farida Baxtiyorova
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
162
Aziza Djunaidova
Buxoro tibbiyot instituti
162
Cho‘liyev Javohir Nurillo o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
161.75
Aziza Tojiboyeva
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
161
Hojiyeva
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
160
Marjona
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
160
Feruza Fayziyeva
Toshkent tibbiyot akademiyasi
159.5
Munisa Rayimova
Toshkent davlat yuridik universiteti
159.5
Boboyeva Bahora O‘tkir qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
158.75
Mohiyaxon Uzoqova
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
158
Tohirova Zarifa
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
157.75
Mirzaqandova Sohibjamol
Navoiy davlat pedagogika instituti
157.5
Shohruh Nishonqulov
Qoʼqon universiteti
157.5
Bexruz
Andijon tibbiyot instituti
157.5
Shohrux Mahmudov
O‘zbekiston milliy universiteti
157.25
Sitorabonu Hamroxo‘jayeva
Toshkent moliya instituti
157.25
Zarnigor Alijonova
Toshkent moliya instituti
157
Ibrat Usmonov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
157
Eraliyeva Ozoda Muhammadali qizi
O‘zbekiston milliy universiteti
157
Olimjon Zafarov
Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti
156.75
Jaloliddin Yigitaliyev
Namangan muhandislik-qurilish instituti
156.5
Saera Barlikbaeva
Nukus davlat pedagogika instituti
156

(Final natijalarini ko‘rish)

“REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha g‘oliblarini yana bir bora tabriklaydi!

✅ Ma’lumot uchun:

1. Stipendiya tanloviga respublika bo‘ylab turli hududlardan 80 mingdan ziyod talabalar ro‘yxatdan o‘tdi;
2. Tanlovning 1-bosqichida 24 ming talaba ishtirok etdi;
3. Tanlovning ikkinchi bosqichiga 2211 nafar nomzod yo‘llanma oldi;
4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 581 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanma oldi