Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon stipendiyasi: final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

1.03.2022 18:16
Registon stipendiyasi: final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi tomonidan e’lon qilingan talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovi davom etmoqda.

Stipendiya tanlovining 1-bosqichi 20-fevral kuni Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2211 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi. (Natijalarni ko‘rish)

✅ 27-fevral kuni tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 581 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi. (Natijalarni ko‘rish)

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o‘zlarining natijalarini ko‘rishlari hamda tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

Tanlovning final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, finalda eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu ishtirokchilar uchun tashkilotchilar tomonidan maxsus sms-xabarnoma jo‘natiladi.

Final bosqichi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Uchinchi bosqich: Hujjatlar topshirish bosqichi bo‘lib, stipendiya tanlovida ishtirok etayotgan nomzodlar shaxsiy profillari orqali belgilangan tartibda hujjatlarni taqdim etadilar.

Imtihonlardan saralangan nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda maxsus platforma oynasi orqali taqdim qiladilar:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • o‘qish joyidan ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali tasdiqlangan yoki dekanatdan tasdiqlangan ma’lumotnoma);
  • Registon stipendiyasi uchun dekanat yoki kafedraning tavsiyanomasi;
  • Motivatsion xat (Nima uchun o‘zlarini "Registon stipendiyasi" tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida yozilgan maxsus motivatsion xat. Xatni o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim qilishlari mumkin);
  • Tanlov va turli loyihalarda erishgan yutuqlari (2021-2022 o‘quv yillarida);
  • CV (ma’lumotnoma)
  • Nashr ettirilgan ilmiy ishlar, patent, ixtirolar ((2021-2022 o‘quv yillarida) agar mavjud bo‘lsa);
  • Xalqaro imtihon sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa).

Barcha hujjatlar platforma orqali onlayn taqdim etiladi. Nomzodlar hujjatlarni 10-martga qadar taqdim qilishlari mumkin.

Nomzodlar hujjatlar yig‘majildlarini yuklab bo‘lgandan keyin, umumiy ballar hisoblab chiqiladi hamda natijalar 2 hafta davomida e’lon qilinadi.

  • Hujjatlar uchun: umumiy 90 ball beriladi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘tgan ikki bosqichda olgan baholari umumiylashtiriladi hamda yakuniy natijalar chiqariladi.

Stipendiya g‘oliblarini rag‘batlantirish

Stipendiya tanlovining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.

Tanlovning umumiy yo‘riqnomasi bilan mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: Tanlov nizomi.

FINAL BOSQICHIDA ISHTIROK ETISH

“REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

✅ Ma’lumot uchun:

1. Stipendiya tanloviga respublika bo‘ylab turli hududlardan 80 mingdan ziyod talabalar ro‘yxatdan o‘tdi;2. Tanlovning 1-bosqichida 24 ming talaba ishtirok etdi;3. tanlovning ikkinchi bosqichiga 2211 nafar nomzod yo‘llanma oldi;4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 581 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanma oldi