Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi"ning 2-bosqichi. Kimlar ishtirok etadi?

12.07.2021 11:28
Respublika

Xabaringiz bor, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika Yosh olimlar Kengashi shuningdek “REGISTON” o‘quv markazi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli Ingliz tili fanidan Olimpiada o‘tkazmoqda.

Olimpiadaning 1-bosqichi OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida 1 soat vaqt davomida 20:00 dan 21:00 ga qadar davom etdi. Olimpiadaning 1-bosqichida Respublikamizdan jami 9 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" yoki olimpiada oynasi orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Olimpiadaning 2-bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Olimpiada yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 1000 nafar (ming nafar) ishtirokchi o‘tdi va olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Ikkinchi bosqich (Onlayn shaklda) Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida Umumiy grammatika, “Reading” va “Listening” ko‘nikmasidan sinovdan o‘tkaziladi:

Imtihon turi: Umumiy grammatika, “Reading” va “Listening” ko‘nikmasiga doir 40 ta test savoli (Intermediate-advanced levels)

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 2-bosqichi 18-iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi va 21:30 da hamma uchun yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar olimpiadada ishtirok etishlari talab etiladi. 2-bosqichdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlar 3-bosqichga o‘tadilar.*

Ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

  • Uchinchi bosqichga 2-bosqichdan saralangan 100 nafar (yuz nafar) ishtirokchi o‘tadi.

Olimpiadaning 3-bosqichi 25-iyul kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida “REGISTON” o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada g‘oliblar maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin sohibiga: Noutbook kompyuter va qiymati 200 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

2-o‘rin sohibiga: Samsung A21 mobil telafoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

3-orin sohibiga: Xiaomi 9 A mobil telefoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

OLIYGOH.UZ jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning 2-bosqich ishtirokchilariga omad tilaydi!

IKKINCHI BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

Olimpiada bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozing.