Respublika Ingliz tili fan olimpiadasi. 2-bosqich!

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli "Ingliz tili fan olimpiadasi" tashkil etildi.

Olimpiada uchun Respublikamizning turli burchaklaridan jami 17 ming 800 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tishdi va g‘oliblik uchun kurashishdi. 

Olimpiadaning birinchi iva ikkinchi bosqichlari OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida tashkil etildi. Olimpiadaning 1-bosqichi 11-iyul kuni bo‘lib o‘tdi va Respublikamizdan jami 9 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi hamda eng yaxshi nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Olimpiadaning 2-bosqichi 18-iyul kuni Respublikamizning minglab iqtidorli yoshlaridan saralanib olingan 1000 nafar eng yaxshi nomzod qatnashishdi hamda eng kuchlilar final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Olimpiadaning hal qiluvchi 3-bosqichi (final bosqichi) ga eng yaxshi natija ko‘rsatgan 169 nafar (bir yuz oltmish to‘qqiz nafar) ishtirokchi yo‘llanma olishdi. Olimpiadaning final bosqichi 25-iyul kuni “REGISTON” o‘quv markazining "Registan Academy" va "Registan Chilanzar" filiallarining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyasida sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar final bosqichida ingliz tili bilish darajasining speaking, writing, reading va listening ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada g‘oliblariga maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli DIPLOMLAR topshirildi. Olimpiadada ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alar berildi.

Batafsil ma'lumot

Hamkor tashkilotlar: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika yosh olimlar Kengashi, "Regbooks" nashriyoti.

 

Ishtirokchilar

835

Savollar soni

40

O'rtacha natija

76.7%

Maksimal natija

97.5%

Ishtirok etish uchun saytda ro'yxatdan o'ting yoki akkountga kiring
Kirish Ro'yxatdan o'tish Natijalar jadvali