Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Respublika miqiyosida barcha yoshdagi qatnashchilar uchun shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi

10.04.2022 21:33
Respublika miqiyosida barcha yoshdagi qatnashchilar uchun shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

Respublika miqiyosida shaxmat ixlosmatlari uchun ajoyib yangilik. Telegramdan @uzshaxmatbot orqali ro‘yxatdan o‘tingushbu 4 ta yo‘nalishda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing:

  • Havaskor ayollar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan kam bo‘lganlar.
  • Havaskor erkak — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan kam bo‘lganlar
  • Professional ayol — sport ustaligiga nomzod, lekin FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan yuqorilar.
  • Professional erkak — sport ustaligiga nomzod, lekin FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan yuqorilar.

G‘oliblar yuqoridagi 4 ta yo‘nalishning har biri bo‘yicha quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1-o‘ringa 50 million so‘m;
  • 2-o‘ringa 30 million so‘m;
  • 3-o‘ringa 20 million so‘m;
  • Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchiga 10 million so‘mdan pul mukofotlari topshiriladi.

Turnirni o‘tkazish tartibi:

1.Turnirlarni tashkil etish va oʻtkazishga umumiy rahbarlik qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston
Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi va Sky Chess shaxmat
maktabi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Turnirlarni oʻtkazishga bevosita hakamlar hayʼati jalb etiladi.
3. Turnir 5 bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich – mahalla bosqichi (18-23 aprel);
2-bosqich – sektor bosqichi (25-30 aprel);
3-bosqich – tuman (shahar) bosqichi (2-7 may);
4-bosqich – hududiy bosqich (9-14 may);
5-bosqich – Respublika bosqichi (1-10 iyun).
5. Turnirning mahalla va sektor bosqichlari Olimpiada, tuman
(shahar) bosqichi Krugovoy, hududiy hamda Respublika bosqichlari
Shveysarcha tizimda musobaqa gʻoliblari toʻplagan ochkolari soniga qarab
aniqlanadi, ochkolar soni teng boʻlganda quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar
inobatga olinadi:
-oʻzaro uchrashuvlar (agar barcha ochkolari bir xil ishtirokchilar oʻzaro
bir-birlari bilan oʻynagan boʻlsa);
-Buxgols koeffitsiyenti;
-Gʻalabalar soni.
6. Keyingi oʻrinlar uchun ochkolar bir xil boʻlganda oʻrinlarni
aniqlashda quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
-buxgols koeffitsiyenti;-Qisqartirilgan buxgols;
-Progress
7. Mahalla, sector va tuman (shahar) bosqichida esa toʻplangan ochkolar
soniga qaraladi. Agar birinchi oʻyin durang natija bilan yakunlangan boʻlsa,
gʻolibni aniqlash uchun yana bir qoʻshimcha oʻyin oʻtkaziladi.
8. Turnirni oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan
hakamlar hayʼati zimmasiga yuklatiladi.
9. Hakamlar hayʼati bosh hakam, kotib, 11 nafar hakam va kompyuter
operatoridan iborat boʻladi

Ro‘yxardan o‘tish uchun telegramdan USHBU BOT orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz hamda batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.