Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rivojlanishga oid magistratura kurslari (EPOS)

19.03.2022 17:26
Rivojlanishga oid magistratura kurslari (EPOS)

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www2.daad.de

Grant turi:

Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Rivojlanishga yo‘naltirilgan magistratura dasturlari orqali DAAD rivojlanayotgan va yangi sanoatlashgan mamlakatlardan bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. Xalqaro hamkorlar bilan aloqada bo‘lgan, puxta tayyorlangan mahalliy ekspertlar o‘z mamlakatlarining barqaror rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular kambag‘allikning past darajasi, sifatli ta’lim hamda umumbashariy sog‘lik ta’minlanadigan yorqin kelajak uchun eng yaxshi kafolatdir. Grantlar barcha fanlar bo‘yicha rivojlanayotgan va yangi sanoatlashgan mamlakatlar fuqarosi bo‘lgan va kamida ikki yillik ish tajribasiga ega chet ellik bitiruvchilarga davlat yoki davlat tomonidan tan olingan Germaniya universitetida magistr darajasini va istisno hollarda doktorlik darajasini olish, shuningdek, Germaniya universiteti diplomiga (magistratura/PhD) ega bolish imkoniyatini taklif qiladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Quyidagi mamlakatlardan kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar: muvofiq davlatlar ro‘yxati

Qanday xarajatlar qoplanadi?

Faqat Germaniyadagi magistratura kurslari uchun individual stipendiyalar “2023/24 o‘quv yili uchun ariza topshirish muddati bilan berilgan barcha magistratura kurslari ro‘yxati” da keltirilgan.

Moliyalashtirish muddati:

12 oydan 42 oygacha (o‘quv dasturiga bog‘liq)

Foydali jihatlari:

• Akademik darajaga qarab, magistrlar uchun 861 yevro, doktorantlar uchun 1200 evro oylik to‘lov;

• Salomatlik, baxtsiz hodisalar va shaxsiy javobgarlik sug‘urtasi uchun to‘lovlar;

• Sayohat uchun ajratiladigan mablag‘, agar bu xarajatlar nomzodning o‘z mamlakati yoki boshqa moliyalashtirish manbalari tomonidan qoplanmasa.

Muayyan sharoitlarda stipendiya egalari quyidagi qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin:

• Oylik ijara subsidiyasi;

• Hamroh oila a’zolari uchun ajratiladigan oylik mablag‘.

Tanlov:

• Nomzodlar zarur akademik talablarga javob beradi va Germaniyada o‘qish dasturini muvaffaqiyatli yakunlay oladi (birinchi akademik imtihonda o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori natija – uchinchi imtihonda esa eng yuqori natija, til bilish ko‘nikmalari)

• Nomzodlar tegishli fan bo‘yicha bakalavr darajasiga (odatda to‘rt yillik kurs) ega;

• Nomzodlar kamida ikki yillik ish tajribasiga ega;

• Nomzodlar IELTS/TOEFL sertifikatiga ega. (Nemis tilida o‘qitiladigan kurslar uchun nemis tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikat)

• Nomzodlar motivatsiyasi rivojlanish bilan bog‘liqligini isbotlashlari va ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari, o‘qish/stipendiya dasturidan so‘ng shaxsiy hamda professional muhitidagi o‘zgarishlar jarayonini boshlashlari va davom ettirishlari kutiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot.