Rossiya diplomi O‘zbekistonga o‘tadimi?
10.02.2023 20:11

2019-yil 30-mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federasiyasi hukumati o‘rtasida ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim imzolangan.
- Unga ko‘ra davlat akkreditasiyasiga ega bo‘lgan ta’lim dasturlari, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan, kunduzgi bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim ikkala davlatda ham mos ravishda tan olinadi hamda mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi. Shuningdek, ularning egalariga har ikkala davlatda magistratura bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Rossiyaning Fan va ta’lim sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosobrnadzor) veb-sayti (https://obrnadzor.gov.ru/) orqali oliy ta’lim muassasasining liеsenziyasi mavjudligini yoki davlat akkreditasiyasidan o‘tganini tekshirib ko‘rish mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Xorijdan o‘qishni grant asosida ko‘chirish mumkin bo‘ladi
15.06.2023 15:06
Diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!
25.05.2023 16:38
Rossiya O‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalarni sonini oshiradi
20.05.2023 12:40
Ishga kirayotganingizda diploming o‘tmaydi desa nima qilish kerak?
15.05.2023 22:35