Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

SATREPS-2020 O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligidagi qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar uchun tanlov

16.10.2021 11:07
SATREPS-2020 O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligidagi qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar uchun tanlov

Muddati:

30.11.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

mininnovation.uz

Grant turi:

Tanlovlar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va SATREPS-2020 loyihasi koordinatorlari «The Project for Development of Innovative Climate Resilient Technologies for Monitoring and Controlling of Water Use Efficiency and Impact of Salinization on Crop Productivity and Livelihood in Aral Sea region» («Orol mintaqasi sho‘rlanishiga qarshi kurashish va yerdan foydalanish unumdorligini oshirish uchun suv resurslaridan unumli foydalanishni monitoring qilish va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi») O‘zbekiston tadqiqot guruhlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Ushbu loyiha iqlim o‘zgarishini kuzatish markazini tashkil etishni, meteorologik monitoringni o‘tkazishni, shuningdek, Orol dengizi hududida suv ta’minoti cheklangan sharoitda mahalliy jamoatchiliklarning farovonlik darajasini ko‘tarish va yerlarning hosildorligini oshirish maqsadida sho‘rlanish bilan kurashish uchun qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni joriy etishni ko‘zda tutadi.

Ushbu tanlov va uning kategoriyalari haqida batafsil shu yerda berilgan.

Har bir loyihada bir nechta ilmiy jamoalarning ishtirok etashi afzalliklarga ega. BATAFSIL

Tanlov shartlari bu yerda batafsil berilgan.

Imtiyozlar:

Ushbu dastur berilgan loyihaning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Jumladan,

  • Loyiha a’zolariga oylik;
  • Safar xarajatlari;
  • Loyihada kerak bo‘ladigan jihozlar uchun to‘lov;
  • Ilmiy loyihaning boshqa xarajatlari uchun to‘lov.

Tanlovda ishtirok etadigan ilmiy loyihalar 2021-yil 30-noyabr sanasigacha grant.mininnovation.uz elektron platformasining «Tanlovga ilmiy loyihalarni taqdim etish» sahifasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali tadqiqot loyiha hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida dastlabki hujjatlarning pdf/doc elektron shaklini yuklash zarur:

  • SATREPS-2020 ishtirokchisining Yaponiya universitetidan loyihani qo‘llab-quvvatlash xati;
  • Ijro etuvchi organ rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanoma (pdf);
    Amalga oshiruvchi tashkilot ilmiy (ilmiy-texnik) kengashining qaroridan ko‘chirma (pdf);
  • Loyiha matni (imzolangan va muhrlangan, pdf vadoc/docx variantlarida).

Innovasion rivojlanish vazirligining grant.mininnovation.uz elektron platformasidagi «Ilmiy loyihalarni tanlovga taqdim etish» sahifasi orqali ilmiy loyihalarni elektron ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati:

+ 998-71-203-32-32,

+998 (90) 989-92-94