Sertifikat bo‘yicha xalq maqollari:
Bugun, 11:33
- Onangni otangga sertifikatsiz ko‘rsatma
- Pulingdan bir puli qolsa ham sertifikat ol, umringdan bir kuni qolsa ham sertifikat ol
- Sertifikati bor senga gapiraman, sertifikatsiz sen eshit.
- Diplomi bor birni yiqar,Sertifikati bor mingni!
- Do‘st sertifikat ololmaganingda bilinadi
- Oltin olma sertifikat ol, sertifikat oltin emasmu?
- Sertifikat bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Gar sertifikat yo‘q ersa, vayronadur koshona ham
- O‘qituvchini kelganda ko‘r, sertifikatini yoyganda ko‘r
- B2 si yo‘q, C1 borga kulibdi
- Diplomi bor shoh bo‘lgungaIELTSi bor gado bo‘l
- Sertifikatsiz qiz erga yolchimas, taqsimotda darsga yolchimas
- Sertifikat bilan topganing, qandu asal totganing
- Sertifikati yo‘q arazlasa, oyligiga zarar
- Yigit kishiga 40ta sertifikat ham oz
- Sertifikati borning sertifikati yo‘q bilan nima ishi bor?
- Sertifikatni kopiyasi ham sertifikat
- Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham sertifikati bor gapirsin
- Sertifikating soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur.
- Yo sertifikating bo‘lsin yo direktor fondidan ustamang
- C1 ni ko‘zlasang B2 ga yetarsan
- Beshikdan to qabrgacha sertifikat yig‘
- Sertifikatli kelin - qarqara kelin,Sertifikatsiz kelin - masxara kelin
- Sertifikati yo‘q kelin yoxud har topshirganda B1 chiqib qolayotgan kelin (A. Qayum)
- Sertifikati bor yoki yo‘q o‘qituvchilariga yuborib qo‘yamiz!