Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Shanxay hukumati stipendiyasi

28.03.2022 10:52
Shanxay hukumati stipendiyasi

Muddati:

15.05.2022

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

lxs.ecnu.edu.cn

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Shanxay hukumati stipendiyasi 2006-yilda Shanxayda xalqaro talabalar ta’limini rivojlantirish va ko‘proq xalqaro talabalar hamda olimlarni ECNUga rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Kim uchun mo‘ljallangan?
Shanxay hukumati stipendiyasi Sharqiy Xitoy Normal Universitetida bakalavriat, magistratura yoki PhD dasturiga hujjat topshiruvchi xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan.

Talablar:
1) Ariza beruvchilar Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi va sog‘lom bo‘lishi lozim.

2) Ta’lim darajasi va yosh chegarasi:

-Bakalavriat dasturiga hujjat topshiruvchilar o‘rta maktab diplomiga ega bo‘lishi va 25 yoshdan kichik bo‘lishi kerak.

-Magistratura dasturiga hujjat topshiruvchilar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi va 35 yoshdan kichik bo‘lishi kerak.

-Doktorantura dasturiga nomzodlar magistr darajasiga ega bo‘lishi va 40 yoshga yetmagan bo‘lishi kerak.

3) Xitoy hukumati stipendiyasi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan har qanday stipendiyani yutib olgan talabalar SGSga ariza berish huquqiga ega emaslar.

Qoplanadigan xarajatlar:
1) A tur (to‘liq stipendiya)

O‘qish to‘lovidan va kampus hududida turar joy bilan ta’minlanadi ; keng qamrovli tibbiy sug‘urta va oylik yashash xarajatlarini ta’minlash uchun stipendiyalar(Doktorantura dasturi: 3500 yuan; Magistratura dasturi: 3000 yuan; Bakalavr dasturi: 2500 yuan)

2) B tur (qisman stipendiya)

O‘qish to‘lovidan ozod qilinadi va keng qamrovli tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Mas’ul shaxslar bilan bog‘lanish va yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, yuqorida keltirilgan rasmiy havola bo‘yicha saytga o‘ting. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!