Sinfda davomat pastligi uchun sinf rahbari jazolanishi kerakm?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga ko‘ra, o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida o‘quvchilarning davomatini tekshirish va sinf jurnaliga kiritish majburiyati belgilangan. Biroq, bu majburiyatlar ichida o‘quvchilarni sinfda bo‘lishini ta’minlash degan vazifa ko‘rsatilmagan.
Shu sababli, o‘quvchilar davomatining pastligi uchun sinf rahbariga intizomiy jazo chorasi qo‘llash noto‘g‘ri hisoblanadi. Bu holatda intizomiy jazo o‘qituvchining harakatlariga nomutanosibdir va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 301 va 313-moddalariga ko‘ra, o‘qituvchi tuman adliya bo‘limi yoki Davlat mehnat huquqi inspektoriga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
O‘quvchilarning darsga kelmasligida ota-onalarga nisbatan chora ko‘rish mumkin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish majburiyatlarini bajarmasalar, ularga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha jarima solinishi mumkin.