Sirtqi taʼlimda o‘qiyotganlar uchun alohida o‘quv taʼtillari beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ish beruvchilar tomonidan sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida mehnat taʼtilini olishni talab qilishayotganini yozishmoqda. Shu o‘rinda ish beruvchilarga sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarning o‘quv taʼtili olish huquqlari borligini eslatib o‘tmoqchimiz.
Mehnat kodeksining 385-moddasiga asosan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv taʼtillari:
- oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;
- oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular o‘quv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼiy nazar beriladi.