Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sirtqi ta’limga qabul 2025/2026-yildan butunlay to‘xtatildi

07-may 13:45
Sirtqi ta’limga qabul 2025/2026-yildan butunlay to‘xtatildi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sirtqi shaklda o‘qishga qabul to‘liq to‘xtatildi. Bu qaror barcha davlat va nodavlat oliygohlarga teng tatbiq etiladi.

Endilikda nimalar o‘zgaradi?

  • Hech qaysi yo‘nalish bo‘yicha sirtqi ta’limga qabul qilinmaydi. Bu ta’lim shakli butunlay yopildi.

  • Yangi abituriyentlar uchun sirtqi ta’lim kvotalari ajratilmaydi.

  • Oliy ta’lim muassasalari kunduzgi, masofaviy yoki maqbullashtirilgan (part-time) ta’lim shakllari orqali o‘qitishni davom ettiradi.

  • Barcha o‘zgarishlar 2025/2026-o‘quv yilidan kuchga kiradi.

Kimlar o‘qishni davom ettiradi?

  • Sirtqi ta’limda hozirda tahsil olayotgan talabalar (yuqori bosqichdagilar) o‘z o‘qishlarini avvalgidek davom ettirishadi.

  • Faqat yangi talabalar uchun sirtqi shaklga qabul yopildi.

Sirtqining o‘rniga nima bo‘ladi?

  • Masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi.

  • Maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim (part-time education) joriy etiladi.

  • Magistraturada endilikda masofaviy o‘qitishga ruxsat beriladi (ilgari faqat kunduzgi edi).

  • Biroq muqobil ta’lim shakllari uchun qabul kunduzgi qabulning 50% dan oshmasligi kerak.

Masalan, agar oliygoh kunduzgi bo‘limga 100 nafar talaba qabul qilsa, muqobil (masofaviy yoki part-time) shakllarda o‘qishga 50 nafargacha talabani qabul qilishi mumkin.