Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xususiy oliygohlarda kontrakt narxlari sirtqi ta’lim yopilishi sabab oshishi kutilmoqda

13-may 11:36
Xususiy oliygohlarda kontrakt narxlari sirtqi ta’lim yopilishi sabab oshishi kutilmoqda

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sirtqi ta’lim shakli to‘liq bekor qilinadi. Bu o‘zgarish xususiy oliygohlar faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Nega narxlar oshadi?

Hozirda O‘zbekistonda:

  • 71 ta xususiy universitet faoliyat yuritmoqda;

  • U yerda tahsil olayotgan 508 720 nafar talabaning 71% (ya’ni 361 461 nafar) sirtqi shaklda o‘qimoqda.

Sirtqi ta’lim yopilishi natijasida:

  • Xususiy universitetlar harajatlarni qoplash uchun kontrakt narxlarini oshirish ehtimoli yuqori;

  • Kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga qabul qilish imkoniyati cheklanadi — bu esa moliyaviy oqimni qisqartiradi.

Qanday cheklovlar joriy etiladi?

  • Universitetlar kunduzgi talabalarning 50% gacha kechki yoki masofaviy shaklda abituriyent qabul qilishi mumkin;

  • Bu limit xususiy OTMlarning avvalgi sirtqi ta’limdagi katta oqimlaridan voz kechishga majbur qiladi.

Kutilayotgan oqibatlar:

  • Xususiy universitetlar kontrakt stavkalarini qayta ko‘rib chiqadi;

  • O‘zgarishlar abituriyentlar tanloviga va ta’lim bozori muvozanatiga ta’sir ko‘rsatadi;

  • Raqobat sharoitida ta’lim sifatiga e’tibor kuchayishi mumkin.